Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida yashovchi 1937-yilda tug‘ilgan ayol o‘z ehtiyoji uchun ko‘knori yetishtirgani va saqlaganligi aniqlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan 5-may kuni L. N.ning uyi gumonlanib tekshirilganida, ayol o‘z tomorqasida 15 tup ko‘knorini parvarishlab yetishtirayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 14-may kuni L.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)