O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kubada yo‘lovchi samolyoti qulashi munosabati bilan Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi Migel Mario Dias-Kanelga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 18-may kuni Kuba poytaxti Gavanada Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 110 kishi bo‘lgan, ulardan 104 nafari yo‘lovchi, 6 nafari esa ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokat joyida omon qolgan 4 kishi topildi, ulardan biri keyinroq kasalxonada vafot etdi.
Izoh (0)