Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida Andijon tumani Xakan qishlog‘ida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish loyihasi taqdim etilgan edi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Milana textile mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 7 milliard so‘m o‘z mablag‘i va “Aloqabank” viloyat filialidan olingan 2 milliard so‘m kredit evaziga uch qavatli bino rekonstruksiya qilinib, Turkiya va Xitoydan zamonaviy tikuv dastgohlari keltirib o‘rnatildi.
Bugungi kunda korxonada ayollar va bolalar uchun 20 turdan ortiq trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarning asosiy qismi xorijga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.
Eng muhimi, tumandagi 200 nafardan ortiq qishloq xotin-qizlari doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston rahbari korxona faoliyati bilan tanishdi, ishchi-xodimlar bilan muloqot qildi.
“Sizlarning ko‘zlaringizni ko‘rib, juda xursand bo‘ldim. Qiz bolaning kulgusi, hayotdan roziligi - oilaning baxti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)