O‘zbekistonda 2017-yil davomida va joriy yilning 4 oyida jami 379 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari reabilitatsiya asosida tugatildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Taqqoslash uchun, mamlakatda 2007—2016-yillarda 22 shaxs oqlangandi.
379 kishidan 15 nafari prokuratura organlari protestlariga asosan aybsiz deb topildi.
Jumladan, Yashnobod tuman sudining 2016-yil 25-oktabrdagi hukmiga ko‘ra, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish guruhi inspektori X.Yuldashev JKning 182-moddasi 2-qismi “g” bandi (boj stavkalariga ta’sir qiladigan tovarlarga tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi kodlarini noto‘g‘ri kiritish) bilan aybdor deb topilgandi.
Bosh prokuratura tomonidan ushbu jinoyat ishi o‘rganilib, tovarlarga tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi kodlarini kiritish X.Yuldashevning vakolat doirasiga kirmasligi sababli jinoyat ishini JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatish haqida keltirilgan protesti asosida Oliy sud tomonidan X.Yuldashev aybsiz deb topilib, oqlandi.
Izoh (0)