Oq uy rasmiy vakili Sara Sandersning ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvga tayyor. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Prezident uchrashuvga tayyorlanmoqda va uchrashuv vaqtiga qadar tayyor bo‘ladi”, — deydi Sanders.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda KXDR hamon uchrashish niyatida bo‘lsa, “AQSh o‘sha yerda bo‘ladi”.
Avvalroq Pxenyan oliy darajadagi KXDR—AQSh sammitida ishtirok etish bo‘yicha o‘z roziligini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi xabar berilgan edi.
Izoh (0)