Google kompaniyasi musulmonlarning muqaddas oyi Ramazon munosabati bilan, ularning ko‘ngliga xush yoquvchi ko‘rinishdagi Google qidiruv tizimi dizaynini taqdim etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Google Doodle’ning Ramazonga bag‘ishlangan yangiliklaridan biri sifatida bannerning joylashuvi bo‘ldi. Bundan tashqari, kompaniya ushbu oyda qiblani izlash bilan bog‘liq so‘rovlar ko‘paygani sababli Qibla Finder (qiblani topuvchi) xizmati va Qalam nomli loyihasini ishga tushirdi.
Qalam loyihasida xattotlik san’ati virtual olamga ko‘chirilgan. Istalgan inson o‘z tabrigini arab yozuvida yuborishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)