Google kompaniyasining taxminan o‘n nafar xodimi Project Maven dasturi doirasida Pentagon bilan hamkorlikdan norozilik belgisi sifatida ishdan bo‘shashga qaror qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Project Maven dasturi doirasida Google amerikalik harbiylar uchun sun’iy intellekt yaratmoqda. Ishlanma uchuvchisiz uchadigan vositalardan olingan vidoeni tahlil qilib, odamni jonsiz narsadan avtomatik tarzda ajratishga imkon berishi mumkin.
Ishdan bo‘shashga qaror qilgan xodimlar Pentagon bilan hamkorlikni qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Ularning fikricha, qurilmadan olingan videoning noto‘g‘ri tahlili o‘lim darajasidagi xavfni keltirib chiqarishi mumkin, bunday ish bilan algoritm emas, balki odamlar shug‘ullanishi kerak. Bundan tashqari, ularning fikriga ko‘ra, Google umuman harbiy loyihalar ustida ishlashi kerak emas.
Bu kompaniyaning qarori bilan bog‘liq birinchi ommaviy ishdan bo‘shash hisoblanadi.
Izoh (0)