Telegram Group Inc. AQShning Florida shtatida ro‘yxatdan o‘tgan Lantah LLC kompaniyasini sudga berdi. Telegram Amerika kompaniyasini Gram tovar belgisiga nisbatan huquqlarni buzganlikda ayblagan. Ikki kompaniya ham bir xil nom bilan kriptovalyuta yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Pavel Durovning kompaniyasi 11-may kuni AQSh okrug sudining San-Fransiskoda joylashgan filialiga shikoyat arizasini topshirgan. Telegram’ning ta’kidlashicha, Lantah LLC foyda olish maqsadida begona tovar belgisidan “vijdonsizlarcha” foydalanishga urinmoqda.
Lantah LLC Gram tovar belgisini 2018-yilning fevral oyida ro‘yxatdan o‘tkazgan. Amerikalik jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bu Telegram Open Network blokcheyn-platformasining norasmiy taqdimotidan keyin yuz bergan.
Izoh (0)