Boston Dynamics kompaniyasi 2019-yildan robotlarni sotishga kirishadi. Bu haqda kompaniya asoschisi Mark Raybert ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Sotuvga ko‘rinishi itni yodga soladigan to‘rt oyoqli SpotMini roboti chiqariladi. Kompaniya 2018-yilda tijoriy realizatsiya uchun 100 ta robot ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Spot Mini shows off its tricks #TCRobotics pic.twitter.com/dc0OKIYHU0
— TechCrunch (@TechCrunch) May 11, 2018
Sotuvga chiqariladigan robotlar narxi qancha bo‘lishi hozircha ma’lum emas.
Boston Dynamics — robot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan jahondagi eng mashhur kompaniyalardan biridir. Kompaniya odamlar va itlarga o‘xshash o‘z robotlarining sinovi aks etgan videolarni muntazam e’lon qilib keladi. Bu robotlar, xususan, eshiklarni ochish, qutilarni tashish va yugurishni biladi.
Izoh (0)