Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 30 mingdan oshiq aholi istiqomat qiladigan Birlashgan qishlog‘ida tadbirkor Yusufjon Nazarov o‘z mablag‘i hisobidan sport majmuasi qurdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirkor 2015-yili tuman hokimi qarori bilan qishloqning O‘rta mahallasi hududidagi tashlandiq yotgan 60 sotix yerni o‘z tasarrufiga oldi. O‘tgan vaqt mobaynida futbol, basketbol, voleybol maydonchalari qad rostladi. 45 ga 10 metr o‘lchamli basseyn bitkazildi. Bunga 400 million so‘mdan oshiq mablag‘ sarfladi.
—Majmuamiz Xotira va qadrlash kuni tuman mutasaddilari ishtirokida rasman ochildi. Bu yerda hududimizdagi ikki maktab o‘quvchilari va bir bog‘cha tarbiyalanuvchilari haftada ikki kundan bepul shug‘ullanishlarini joriy qildik. Hozir trenajyorlar bilan jihozlangan og‘ir atletika zalini ham ishga tushirish harakatidamiz, — deydi Yusufjon Nazarov.
Izoh (0)