“O‘zbekneftegaz”, Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi (SOCAR) va British Petroleum Exploration (Caspian Sea) konlarni birgalikda razvedka qilish va ishlab chiqish, O‘zbekiston investitsiyaviy bloklarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish imkoniyatini ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi memorandumlarni imzoladi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Marosim Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston neft va gazi — OGU 2018” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, “O‘zbekneftegaz” va KNOC Fergana Janubi-G‘arbiy Hisor mintaqasidagi Dehqonobod va Toshqo‘rg‘on investitsiya bloklarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish bo‘yicha kelishuvning kuchga kirish sanasi to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi.
Izoh (0)