• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Komil Allamjonov: Shavkat Mirziyoyevning Oq uyga tashrifi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab berdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oq uyga ilk tarixiy tashrifi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab berdi. Bu haqda Prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov Vashingtonda jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda ma’lum qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Muzokaralar davomida prezident D.Tramp O‘zbekistonning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga qat’iy sodiqligini ta’kidladi. Shuningdek, u Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda erishilayotgan ulkan yutuqlarni e’tirof etdi. Prezidentlar keng jabhadagi o‘zaro ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida 2002-yilda imzolangan strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyaga yangicha sur’at bag‘ishlash maqsadida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga kelishib oldi.

    Prezident Sh.Mirziyoyev O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda erishilayotgan progress orqaga qaytmaslik xususiyatiga ega ekanligini ta’kidladi. U davlat organlari xalq manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yishlari lozimligini qayd etdi. O‘zbekistonning besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoy sohani rivojlantirish hamda ochiq va konstruktiv tashqi siyosat olib borishga xizmat qilishini ta’kidladi.

    Prezident D.Tramp terrorizmga qarshi kurashishda Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekiston bilan azaliy sherikligini qayd etib o‘tdi. 2001-yil 11-sentabrdagi mudhish voqealardan so‘ng O‘zbekiston AQShga o‘ta muhim logistik imkoniyatni taqdim etganligi hamda “Al-Qoida” terrorchilarini Afg‘onistondan siqib chiqarishda ko‘mak ko‘rsatganligini ta’kidladi. Prezident Sh.Mirziyoyev tashrif davomida AQSh prezidentining Janubiy Osiyo bo‘yicha strategiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, mas’uliyatni taqsimlash va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini hal etish, shu jumladan, Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslari muhokama etildi.

    Prezident D.Tramp kuchli va mustaqil Markaziy Osiyoning muhimligini qayd etdi hamda Prezident Sh. Mirziyoyevning 2017-yil noyabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan konferensiyada ilgari surgan Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining hamkorlik muloqoti yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha sa’y-harakatlarini mamnuniyat bilan qarshi oldi.

    Prezident Sh.Mirziyoyev joriy yil mart oyida Qozog‘istonning Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etganligi, bu mintaqalararo savdoni rivojlantirish va xavfsizlikka oid tahdidlar bo‘yicha birgalikdagi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar ochib berganligi qayd etildi. Prezident D.Tramp ushbu muhim muloqotda O‘zbekiston asosiy rol o‘ynashini e’tirof etdi hamda Qo‘shma Shtatlar “S5+1” mintaqaviy formati orqali hamkorlik va taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Prezidentlar Afg‘onistonning Markaziy Osiyodagi ko‘p tomonlama hamkorlik formatlarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatladilar.

    Mintaqaviy hamkorlik

    Prezident D.Tramp Prezident Sh.Mirziyoyevni uning xalqaro hamjamiyatning “Tolibon” afg‘on hukumati bilan tinch muzokaralarni boshlashi lozimligi to‘g‘risidagi yagona pozitsiyasi tasdiqlangan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi Toshkent xalqaro konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi. Prezident Sh.Mirziyoyev va prezident D.Tramp Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va tinch aholisiga qarshi qaratilgan jirkanch terrorchilik hujumlarini qattiq qoraladilar hamda Afg‘oniston duch kelayotgan xavf-xatarlarga barham berish bo‘yicha muloqotni kengaytirishga sodiq ekanliklarini bildirdi.

    Prezident Sh.Mirziyoyev Afg‘oniston hukumatini to‘liq siyosiy qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi hamda 2017-yil dekabrda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi, uning yakuni bo‘yicha ikki hukumat o‘rtasida savdo aylanmasini ko‘paytirish va o‘ta muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan bir qator bitimlar imzolanganiga e’tibor qaratdi. Prezident D.Tramp O‘zbekistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarda muhim rol o‘ynayotganligini e’tirof etib, mamlakatning Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishladi. U O‘zbekiston tomonidan rejalashtirilayotgan Afg‘onistondagi temir yo‘l va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga siyosiy va konsultativ ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

    Prezident Sh.Mirziyoyev Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga hissa qo‘shayotgan Shimoliy ta’minot tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini tasdiqladi. O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston bilan chegaralar xavfsizligini ta’minlash hamda giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasining oldini olishda yaqindan hamkorlik qilishlari e’tirof etildi.

    Ikki davlat rahbarlari ekstremizm va xalqaro terrorizmni qoraladi hamda umumiy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga intilishlarini qayd etdi. Ular, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan kelishuvlarni amalga oshirishga sodiq ekanliklarini bildirdi hamda besh yilga mo‘ljallangan ilk harbiy hamkorlik rejasini amalga tatbiq qilish orqali mudofaa sohasidagi aloqalarni mustahkash muhimligini ta’kidladi.

    Islohotlar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash

    Prezident D.Tramp “vijdon mahbuslari”ning ozod qilinganligi, bolalar mehnatidan muntazam foydalanishning tugatilganligi va majburiy mehnat ko‘lamini qisqartirishda erishilgan sezilarli yutuqlarni qayd etgan holda, Prezident Sh.Mirziyoyevning O‘zbekistonda inson huquqlari bilan bog‘liq holatni yaxshilashga oid keng islohotlar dasturini mamnuniyat bilan qarshi oldi. Ushbu yutuqlar iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratishi ta’kidlandi.

    Prezident D.Tramp davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish va ichki barqarorlikni ta’minlashning asosiy omili sifatida davlatning xalq oldidagi oshkoraligi va hisobdorligini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidentining tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Davlat rahbarlari inson erkinliklarini himoya qilish, shu jumladan, diniy erkinlikni ilgari surish bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni faollashtirish tarafdoridirlar. Prezident Sh.Mirziyoyev diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli “yo‘l xaritasi”ni hayotga tatbiq qilishga qat’iy tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

    Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikka o‘z hissasini qo‘shadigan Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistonda akkreditatsiya qilinishini olqishladi. Prezident D.Tramp AQSh O‘zbekistonda ingliz tili bo‘yicha ta’lim dasturlarini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidladi hamda “Amerika ovozi”ning O‘zbekistonda akkreditatsiya qilinganligi va uning Amerika ommaviy axborot vositalari uchun ushbu mamlakatda keng imkoniyatlar yaratishini yuqori baholadi.

    Iqtisodiy hamkorlik

    Prezident Sh.Mirziyoyev va prezident D.Tramp o‘zaro savdo hajmini oshirish va har ikki mamlakatda ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashadigan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlarini o‘rganishga qat’iy tayyor ekanliklarini ta’kidladi. Prezident Sh.Mirziyoyev O‘zbekistonda oshkoralik va hisobdorlik xalqaro standartlarini joriy qilish va qonun ustuvorligini ta’minlash orqali tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish hamda AQSh kompaniyalari va investorlariga mamlakat bozoriga kirish imkoniyatini taqdim qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

    Davlat rahbarlari, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi, energetika, kimyo, moliya, turizm, to‘qimachilik sanoati, sog‘liqni saqlash va raqamli texnologiyalar sohalarida yanada yaqinroq hamkorlik qilish uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rganishga kelishib oldi. Tashrif davomida O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari o‘rtasida 20 dan ortiq yirik shartnomalar imzolanganligi va ular hayotga to‘laqonli tatbiq qilingan taqdirda, 4,8 milliard dollar miqdorida baholanishi va AQShda 10 ming ish o‘rinlarini saqlab qolishi hamda kelgusida bir necha milliard dollar miqdoridagi shartnomalar uchun imkoniyatlar yaratishi mumkinligi e’tirof etildi.

    D.Tramp Prezident Sh.Mirziyoyevning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatladi va O‘zbekistonning iqtisodiy lider sifatida o‘sib borayotgan rolini e’tirof etdi. U joriy yilda mamlakatda Markaziy Osiyo savdo forumini va Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSh o‘rtasida savdo va investitsiyalarga oid hadli bitim bo‘yicha kengash yig‘ilishini o‘tkazishga doir O‘zbekiston taklifi bundan dalolat berishini ta’kidladi. Prezident Sh.Mirziyoyev O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga intilayotganini qayd etdi. Prezident D.Tramp O‘zbekiston o‘z savdo rejimini tashkilot normalariga muvofiq liberallashtirish bo‘yicha kun tartibidagi islohotlarni amalga oshirgani sayin AQSh unga texnik ko‘mak ko‘rsatishini ta’kidladi.

    O‘zbekiston Fonogramma ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini, ularning fonogrammalarini qonunsiz ishlab chiqarishdan himoya qilish to‘g‘risida Jeneva konvensiyasi va Butunjahon intellektual mulk tashkilotining internet bo‘yicha shartnomalariga qo‘shilish orqali intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga sodiq ekanligini bildirdi. Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish ikki tomonlama savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni ochish uchun mustahkam asos yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

    17.05.2018, 06:58   Izoh (0)   14246
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SOCAR va British Petroleum O‘zbekistondagi konlarni o‘rganishda ishtirok etishi kutilmoqda

    16.05.2018, 23:34

    O‘zbekistonda islom bank ishi va moliyasi infratuzilmasini yaratish rejalashtirilmoqda

    16.05.2018, 22:54

    Toshkentda 17-may kuni maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

    16.05.2018, 22:44

    Toshkent va Tbilisi birodarlik munosabatlarini o‘rnatadi

    16.05.2018, 22:07

    Shayxontohur prokurori deputatlar oldida hisob berdi

    16.05.2018, 21:42

    Toshkentning Qo‘yliq bozori atrofidagi tirbandliklarga barham beriladi

    16.05.2018, 21:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik olimlar dunyodagi eng kichik skripkani yasadi

    Layfstayl | 5 iyun, 11:11

    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 5 iyun, 10:30

    Bolalar nafaqasi: 2024-yil yanvardan beri qancha oilaga to‘lov to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 5 iyun, 10:55

    O‘zbekistonda oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul boshlandi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 10:45

    Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lish uchun qanday nonushta qilish kerak? Mutaxassislar maslahati

    Layfstayl | 5 iyun, 10:37

    Putin “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi uchun Ukrainaga javob qaytarilishini aytdi

    Dunyo | 5 iyun, 10:31

    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

    Reklama | 5 iyun, 09:46

    Toshkentda Qurbon hayiti namozi sabab ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 10:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.