O‘zbekistonda islom bank ishi va moliyasi infratuzilmasini yaratish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qaror loyihasida bank ishi va moliyalashtirishda islom prinsiplari asosida bank-moliya xizmatlarini joriy etish, bank ishi va moliyalashtirishda islom prinsiplarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha komissiya tuzish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, komissiya foiz evaziga rag‘batlantirishni taqiqlash, loyihada ishtirok etayotgan tadbirkor bilan foyda va zararni uning hissasi doirasida taqsimlash va boshqa islom prinsiplari asosida bank ishi va moliyalashtirishni joriy etish bo‘yicha zarur infratuzilmani yaratish bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)