Toshkent va Tbilisi birodarlik munosabatlarini o‘rnatishga kelishib oldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining turizmni rivojlantirish, innovatsiya va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Tillayevning so‘zlariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Kelishuv O‘zbekiston delegatsiyasining 13—14-may kunlari Gruziyaga tashrifi chog‘ida imzolangan.
Tomonlar hamkorlik doirasida shaharsozlik, shaharni kompleks rivojlantirish, jamoat transportini boshqarish, iqtisodiyot, shu jumladan tashkilotlar va savdo palatalari o‘rtasidagi hamkorlik, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizmni rivojlantirish kabi sohalarda sheriklikda ishlaydi.
Toshkent va Tbilisi shaharlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida hamkorlikda turli sohalarda tajriba almashish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)