Samarqand shahrida 15-may kuni noma’lum shaxs “Samarqand—Zarafshon” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida “Qarshi—Samarqand—Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining oynalariga tosh otdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Buning oqibatida poyezd oynalari darz ketdi. Hodisa tufayli jarohat olganlar bo‘lmadi.
IIV ota-onalar, ta’lim muassasalari va mahalla mutasaddilaridan bunday holatlarning oldini olish uchun yoshlar o‘rtasida tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishni so‘radi.
Izoh (0)