Toshkent viloyati IIB tomonidan xabar berilishicha, 2018-yil 13-may kuni soat 23:30 da Bo‘stonliq tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan X. O. uyi oldida Burchmullo o‘rmon xo‘jaligi kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi, 1999-yilda tug‘ilgan A. Y.ni o‘zaro janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan oyoq va dumba sohasiga sanchib olib, tan jarohati yetkazgan.
Sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, A. Y. olgan jarohatlari og‘irlik darajasiga ko‘ra “yengil” tan jarohati ekanligi ko‘rsatilgan.
Bo‘stonliq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2018-yil 14-may kuni X. O.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)