Toshkent viloyatining Qibray tumanida 14-may kuni IIV huzuridagi Tergov departamentidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Namangan viloyati, Chust tumanida yashovchi N.A. Zafarobod qishlog‘i hududidagi aylanma yo‘llar orqali Qozog‘istonga chiqib ketmoqchi bo‘ladi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu hududda xizmat olib borayotgan chegara posboni F.T.ga faol qarshilik ko‘rsatib, uning oyog‘i va ko‘kragiga pichoq urib jarohat yetkazadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)