Janubiy Koreyaning LG Group kompaniyalar guruhi raisi Ku Bon Mu kasalxonaga yotqizildi va ayni paytda og‘ir ahvolda, deb yozadi “TASS” Korea Herald gazetasiga tayanib.
Shu munosabat bilan korporatsiyaning Seuldagi bosh qarorgohida direktorlar kengashining shoshilinch majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda kompaniya rahbariyati tarkibiga Ku Bon Muning o‘g‘li — Ku Gvan Muni kiritish imkoniyati muhokama qilinadi. Bu masala 29-iyun kuni aksiyadorlar yig‘ilishida uzil-kesil hal etiladi.
Ku Bon Mu so‘nggi bir yil davomida salomatligi bilan bog‘liq muammolardan azob chekkan, jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan va Seuldagi markaziy kasalxonalardan biriga muntazam qatnagan.
Izoh (0)