Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on BMTni dunyo muammolarini yechishning uddasidan chiqa olmaslikda aybladi, deb yozadi “RIA Novosti”. Bunday bayonot tashkilotning o‘nlab falastinliklar halokatiga sababchi bo‘lgan G‘azo sektoridagi to‘qnashuvlardan keyingi harakatsizligi fonida yangradi.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot qurib bitgan va tamom bo‘lgan. Turkiya prezidenti fikricha, xalqaro hamjamiyatlar falastinliklar huquq va erkinliklarining poymol qilinishi qarshisida qo‘sh standartlarni qo‘llamoqda.
“Agar bu hujumlar boshqa bir mintaqada yuz berganida, butun dunyo tomonidan norozilik bildirilgan bo‘lardi. Ammo, afsuski, dunyo hamjamiyati Isroilning falastinliklarga qarshi harakatlarini e’tiborsiz qoldirdi”, — dedi Erdo‘g‘on.
Izoh (0)