Samarqand shahrida O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov va Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri, politsiya general-polkovnigi Kalmuxanbet Qosimov boshchiligidagi har ikki mamlakat IIV delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida kun tartibi doirasida birinchi darajali ahamiyatga molik bo‘lgan bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, birgalikda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazish, terrorizm va ekstremizm ko‘rinishlarining oldini olish borasida ikki davlat vazirliklari hamkorligi muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Tomonlar “Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muvofiqlashtiruvchi guruhini tuzish to‘g‘risida”gi qo‘shma buyruqni imzoladi.
Shuningdek, boshqa dolzarb masalalarni ham muhokama qilib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldi.
Izoh (0)