Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yashovchi erkak o‘z akasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa joriy yilning 12-may kuni yuz bergan. Aka-ukaning ikkalasi ham mast holatda bo‘lgan. Uka oilaviy janjal oqibatida o‘zi bilan bir uyda yashagan akasining bo‘yin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada u voqea joyida vafot etgan. Erkak qo‘lga olingan.
Izoh (0)