AQShning Virjiniya shtati sudi Markaziy razvedka byurosining sobiq xodimi Jerri Chun Shing Lini maxfiy ma’lumotlarni yig‘ish va Xitoy maxsus xizmatlariga yetkazishda aybladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
53 yoshli erkak maxfiy ma’lumotlarni xorijiy davlatga berganlikda, maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlaganlikda va fitnada ayblanmoqda. AQSh adliya vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, 2010-yilda MRB agentiga Xitoy razvedkasining ikki nafar xodimi murojaat qilgan va maxfiy ma’lumotlar uchun gonorar taklif qilgan.
Erkak joriy yilning yanvar oyida Nyu-York aeroportida hibsga olingan. Amerika fuqarosi bo‘lgan Li Gonkongda yashagan. Xabar berilishicha, u 1982—1986-yillarda AQSh armiyasida xizmat qilgan, keyin esa 1994—2007-yillarda MRBda ishlagan.
Shing Lining aybi isbotlanadigan bo‘lsa, u bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Izoh (0)