AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Shimoliy Koreyaga tashrif bilan uchib bordi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Bu davlat kotibining KXDRga olti hafta ichidagi ikkinchi tashrifi.
Birinchi marta u Pxenyanga MRB rahbari sifatida tashrif buyurgan edi. AQSh davlat departamenti rahbari Shimoliy Koreya qamoqlaridagi uch nafar amerikalikning taqdirini, shuningdek, Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning kutilayotgan tashrifini muhokama qilishni rejalashtirgan.
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv joyi va vaqti bo‘yicha kelishuvga erishilgan va bu haqda yaqin kunlarda xabar beriladi.
Izoh (0)