Meksikaning Gerrero shtati Chilpansingo shahri yaqinida 9 kishining jasadi ortilgan yuk mashinasi topildi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
O‘ldirilganlar orasida avtomobil egasi ham bo‘lgan. Noma’lum qotilning qurbonlari noqonuniy tovarlar savdosi bilan shug‘ullangani aniqlandi.
Avvalroq Tikstla shahrida o‘g‘irlangani taxmin qilinayotgan insonlar o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gerrero Meksikada jinoyatchilik eng ko‘p rivojlangan shtat hisoblanadi.
Izoh (0)