Hindiston shimolida yuz bergan qum bo‘roni tufayli 77 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Sky News telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Bo‘ron natijasida, shuningdek, 140 kishi jabr ko‘rgan.
Ofat mamlakat shimolida joylashgan Rojaston, Uttar-Pradesh va Uttaraxand shtatlariga tarqalgan. Yuzlab daraxtlar yiqilib, bir qancha hududlarda elektr energiyasi ta’minoti uzilgan. Dehli shahrida Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportning bir qancha aviareyslari bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda kuchli shamol tufayli Toj Mahalning ikkita minorasiga zarar yetgan.
Izoh (0)