• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Yana ozgina sabr qilish kerak. Yo siz yana qulga aylanishni istaysizmi?”. Armanistonda namoyishchilar yo‘llarni yopib qo‘yib, yana bir bor hukmron partiyaning yon berishiga erishdi

    Meduza nashri Armanistondagi 2-may kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlar va buning yakuni haqida reportaj tayyorladi. “Daryo” ushbu reportajning tarjimasini e’tiboringiz havola qiladi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Armaniston poytaxti Yerevanda 2-may kuni norozilik namoyishlari yanada yangi kuch bilan qaytadan boshlandi — bir kun avval to‘qqiz soat davom etgan majlis davomida parlament norozilik namoyishlari yo‘lboshchisi, muxolifatdagi “Yelk” fraksiyasi yetakchisi Nikol Pashinyan nomzodini bosh vazir lavozimiga tasdiqlamagan edi. Pashinyanni faqat 45 deputat qo‘llab-quvvatladi, bosh vazir bo‘lish uchun esa kamida 53 ovoz kerak edi. Ovoz berish natijalariga ko‘pchilik ovozga ega Armaniston Respublikachilar partiyasi (ARP) ta’sir ko‘rsatdi — partiyadan saylangan deputatlar Pashinyanga ovoz berishdan bosh tortdi.

    Yerevandagi odamlar bilan to‘lib-toshgan Respublika maydoni parlamentning qarori kutayotgan edi, qaror e’lon qilingach, olomonning xafsalasi pir bo‘ldi. Mashinalar achchiqlanib signal chalar, oqshomda esa namoyishchilar cho‘michlar bilan kastryullarni urib, shovqin qilayotgandi. Pashinyan Armanistonning barcha davlat xizmatchilarini umummilliy ish tashlash e’lon qilishga va fuqaroviy bo‘ysunmaslik aksiyalarini boshlashga chaqirdi.

    2-may tongida namoyishchilar barcha yo‘llar va ko‘chalarni, jumladan, aeroportga olib boruvchi trassani ham yopib qo‘ydi. Mamlakatda poyezdlar harakati to‘xtadi — namoyishchilar temiryo‘llarni to‘sib qo‘yishdi. Soat taxminan 9:00 atrofida metropoliten ham ishlashdan to‘xtadi. Soat 14:00 da huvillagan metroda ilk yo‘lovchilar paydo bo‘ldi. “Buni biz qilmayapmiz, bu namoyishchilarning ishi. Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Bugun esa kechgacha ishlaymiz”, — degan metropoliten xodimlaridan biri ular ish tashlash e’lon qilmaganiga urg‘u berib.

    “Men o‘zimning moskvalik sayyohlarimni tong soat 7:00 da aeroportga tashlab kelishga muvaffaq bo‘ldim, vaholanki, ularning samolyoti 12:00 da uchishi kerak edi. So‘ng, namoyishchilarni trassani yopguniga qadar, shaharga qaytishga ulgurdim”, — deydi mehmonlarni butun Armaniston bo‘ylab sayr qildiruvchi kichik bir tur-firma rahbari Arutyun. Ko‘p o‘tmay ommaviy ish tashlashga Yerevanning “Zvartnots” aeroporti xodimlari ham qo‘shildi, biroq bu samolyotlarning jadval bo‘yicha uchib-qo‘nishiga xalal bergani yo‘q. Soat 14:00 gacha uchib kelganlar (bu vaqtga kelib Pashinyanning da’vati bilan aeroport yo‘li ochilgan edi) shahargacha 13 kilometr masofani piyoda bosib o‘tishdan o‘zga iloj topolmadi. Ko‘plab korxonalar ishlagani yo‘q, do‘konlarning bir qismi yopiq turdi, banklar esa peshindan keyin ochildi. Yerevanning markaziy tumanlarida maktablar ham yopildi.

    Namoyishlar kafe va restoranlar faoliyatiga xalal bergani yo‘q. Shaharda oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar ham yo‘q — mahsulotlar erta tongda yo bo‘lmasa yarim tunda olib kelinyapti. Respublikachilar partiyasiga a’zo mahalliy oligarxlarga tegishli SAS va Yerevan City supermarket tarmoqlarida shu kunlarda xaridorlar har doimgidan kamroq. Avvalroq norozilik namoyishlari qatnashchilari bu do‘konlarni ham boykot qilishga chaqirgan edi — darhaqiqat, bu da’vatdan ko‘pchilik bu marketlardan narsa sotib olishdan to‘xtadi.

    Bu safargi namoyishlar shaharning chekka tumanlariga ham yetib bordi — bu yerdagi yo‘llarda ham harakat to‘xtadi. Chiqindi baklari, skameykalar va avtomobillar bilan to‘ldirib tashlangan yopiq chorrahalarda kuni bilan vatanparvarlik mavzusidagi kuy-qo‘shiqlar jarang sochib turdi, ko‘plar berilib raqsga tushishdi, bolalar futbol o‘ynashdi, qayerdadir qo‘lbola manqallarda go‘sht pishirilgan bo‘lsa, yana kimlardir shunchaki asfalt yo maysalar ustida o‘tirgandi.

    Ko‘plab shaharliklarning yelkasida — Armaniston bayrog‘i. “Buni qayerdan olyapsizlar?” degan savolga student qizlar hozir ko‘plab do‘konlarda shunday trikolorlar sotilayotganini aytadi. Shahardagi to‘y va oilaviy ziyofatlar nisbatan sokin kunlargacha qoldirilgan — hozir Yerevan bo‘ylab harakatlanish haddan tashqari qiyin bo‘lib qolgan. Maishiy masalalarni hech kim muhokama qilmay qo‘ygan, biroq har suhbatda “Nikol, Nikol, Nikol” degan gapni eshitish mumkin.

    Shahardagi eng uzun shoh ko‘chalardan biri — Komitas prospektida eskirib ketgan bir “Opel” haydovchisi barrikadalar orasidan o‘tib ketish uchun skameykalarni surib, yo‘l ochishga urinyapti. “Yo‘q, unday qilma-da, orqangga qaytib ket”, — deya baqiradi unga bir ayol. Erkak: “Menda muammo bor”, — deya bahslashmoqchi bo‘ladi. “Sen hali ham tushunmadingmi? Hozir hammada muammo bor”, — degan javob yangraydi bunga. “Yana ozgina sabr qilish kerak. Yoki siz yana qulga aylanishni istaysizmi?”, — deya gapga qo‘shiladi boshqa bir ayol.

    Tez yordam mashinalari saloniga bir ko‘z tashlangach, o‘tkazib yuborilmoqda — shifokorlar mashina eshiklarini itoatkorlik bilan ochib ko‘rsatishmoqda. Chunki shaharda deputatlar endi tez yordam mashinalariga yashirinib harakatlanayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan. ARPdan saylangan bir qator deputatlarning uylari oldida “Sharmanda!” degan hayqiriqlar bilan odamlar yig‘ilgan. Parlamentning 2-maydagi majlisi unga faqat 30 deputat yetib kela olgani uchun bekor qilindi — parlamentga mashina yetib kelishning hech imkoni yo‘q edi, piyoda borish esa — deputatdek inson uchun yoqimsiz.

    Namoyish kunlari Respublika maydonidagi Armaniston tarix muzeyi odatdagi tartibda — kech soat oltigacha ishlamoqda, muzeyning bir qismi kartinalar galereyasiga ajratilgan. Unga sayyohlar kirib sayr qilyapti, fransuzlar kulyapti: “Biz o‘zimiz ham namoyishlar uyushtirishning katta ixlosmandlarimiz, shu sababli bularning barini kuzatish biz uchun ham qiziq”.

    Soat 17:00 ga kelib shahardagi barcha yo‘llar ochildi. Yerevanliklar Respublika maydonida to‘planishdi. Maydon yonidagi xiyobon ham namoyishchilar bilan to‘la edi. 2-maydagi namoyishlardan so‘ng Respublikachilar partiyasi, agar deputatlarning uchdan biri qo‘llab-quvvatlasa, muxolifatdan ko‘rsatilgan nomzodni bosh vazir lavozimiga ma’qullashga va’da berdi. Parlamentdagi ARPdan boshqa uch partiyaning bari Nikol Pashinyan nomzodini bosh vazirlikka ilgari surishga tayyor — bu 105 deputatdan 47 tasiniki tayin, degani.

    Parlamentdagi navbatdagi ovoz berish jarayoni 8-may kuni bo‘lib o‘tadi. Agar ikkinchi urinishda ham bosh vazir tanlanmasa, Armaniston Milliy majlisi tarqatib yuboriladi, mamlakatda navbatdan tashqari saylovlar o‘tkaziladi.

    03.05.2018, 11:20   Izoh (0)   20313
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kim Chen In rafiqasini suratga tushirmoqchi bo‘lgan fotosuratchini itarib yubordi (video)

    03.05.2018, 10:56

    Basklarning ETA terrorchilik guruhi o‘z faoliyatini tugatishi haqida e’lon qildi

    03.05.2018, 10:42

    Londonda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 30 ga yaqin odam jarohat oldi

    03.05.2018, 10:11

    Putin inauguratsiyasining tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

    03.05.2018, 10:00

    Puerto-Riko harbiy samolyoti AQShning Jorjiya shtatida halokatga uchradi

    03.05.2018, 09:49

    KXDR AQSh tomonidan ilgari suriladigan shartlarga muvofiq to‘liq yadrosizlanishga tayyorligini bildirdi

    03.05.2018, 09:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saraton hujayralarida ilk bor demensiyaga o‘xshash jarayonlar aniqlandi

    Ilm-fan | 16 avgust, 17:28

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 17:11

    Astronomlar osmonda bir vaqtning o‘zida oltita sayyorani qanday kuzatish mumkinligini aytib berdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:47

    “Brayton” Baleba uchun “Manchester Yunayted”dan katta summa talab qildi

    Sport | 16 avgust, 16:46

    Tramp AQSH—Rossiya—Ukraina uch tomonlama sammitini o‘tkazish imkoniyatini e’tirof etdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:35

    Yevropa rahbarlari Alyaskadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot tayyorlashdi — Tusk

    Dunyo | 16 avgust, 16:05

    O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh qo‘y va echki sotib oladi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 15:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.