Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronni o‘z yadro dasturi borasida yolg‘onchilikda aybladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Eron yetakchilari ko‘p marta yadro quroli borligini rad etgan. Bugun men Eron yolg‘on gapirganligini aytish uchun shu yerdaman”, — dedi Netanyaxu.
Tehron ma’lumotlarni dunyo hamjamiyatidan yashirgan holda yadro quroli ustida ishlashni davom ettirmoqda, dedi bosh vazir. Buning isboti sifatida u Eron maxfiy “yadro arxivi” — Isroil razvedkasi tomonidan qo‘lga kiritilgan hujjatlarning bir qismini namoyish qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2015-yilda yadro bitimi tuzilgach, Eron tomoni o‘z maxfiy hujjatlarini bekitish choralarini kuchaytirgan, 2017-yilda esa yadro quroli haqidagi ma’lumotlardan iborat fayllar Tehrondagi maxfiy joyga keltirilgan. Netanyaxu ta’kidlashicha, Eron kelajakda foydalanish uchun yadro quroli sohasidagi bilimlarni saqlamoqda va kengaytirmoqda.
Izoh (0)