30-aprel, dushanba kuni ertalab IShID terrorchilik tashkiloti Kobuldagi portlashlar uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda AFP’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganada, terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 taga yetgan, 40 dan ortiq kishi yaralangan.
Portlashlar Kobulda 30-aprel kuni ertalab sodir etilgan. Politsiya ma’lumotlariga asosan, birinchi portlashni mototsikldagi terrorchi xudkush amalga oshirgan.
Ikkinchi portlash o‘sha hududda, birinchisidan tahminan 20 daqiqadan so‘ng sodir etilgan. Bu vaqtda jurnalistlar va shoshilinch xizmat xodimlari voqea joyiga kelib bo‘lgandi. Ikkinchi portlashni ham terrorchi xudkush sodir etgan.
Ikkinchi portlash oqibatida 7 nafar jurnalist, jumladan, AFP agentligining suratkashi ham halok bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)