• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston samolyotlar muzeyi: Yerga ko‘milgan osmon

    Jahonda samolyot ishlab chiqaruvchi davlatlar uncha ko‘p emas. O‘zbekiston ulardan biri edi. Ammo 2012-yili Chkalov nomidagi birlashma yopilib, temir yo‘lchilarga topshirildi, nomi esa Toshkent mexanika zavodi deb o‘zgartirildi. O‘sha yili zavod fasadidan “TAPOiCh” yozuvi va Il-76 samolyoti maketi olib tashlandi.

    Foto: Citizen

    Foto: Citizen

    Lekin shu paytga qadar respublika bo‘ylab kamyob texnika namunalari sochilib ketibdi. Ular orasida shu yerda ishlab chiqarilganlari ham, turli sabablarga ko‘ra mamlakatga olib kirilganlari ham bor. Ular sekinlik bilan ochiq osmon ostida zang bosib, temir-tersakka topshirilmoqda.

    Citizen nashri besh yildan buyon ushbu texnikani bir tom ostida birlashtirishga va samolyotlar muzeyini tashkil etishga urinayotgan Abror Sotimov bilan suhbat qurdi.

    Xalq merosi

    Foto: Citizen

    Foto: Citizen

    “Bir shaharda Yak-40 ning qoldiqlari yotibdi. Bu samolyot hech kimga kerak emas, u — bosh og‘rig‘i”, — deydi Abror Sotimov, “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning sobiq xodimi va aviatexnik. U besh yildan beri muzey tashkil etmoqchi bo‘ladi, ammo harakatlari muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.

    U ko‘p ish qildi: imzolar to‘pladi, mamlakatda mavjud texnika haqida ma’lumot to‘pladi, ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarni jalb qildi, advokat va yuristlardan yordam oldi. Axborot to‘plashga oddiy odamlar ham, aviatsion soha mutaxassislari ham yordam berdi. Ammo u hamisha rad javobini olib keldi.

    “Samolyot turgan hudud bir necha marotaba bir tashkilotdan boshqasiga o‘tgan, — so‘zida davom etadi Sotimov, — va har bir yangi xo‘jayin uni qayerga yo‘qotishni bilmaydi. Oxirgi xo‘jayin qurilish firmasi bo‘ldi, u hududda prokuratura uchun yangi bino quradi. Hozir ular hududga yondosh kollej rahbariyatidan samolyotni olib tashlashni talab qilmoqda.

    Foto: Citizen

    Foto: Citizen

    Bu haqda bilib qolib, tuman hokimiga murojaat etib, samolyotni muzey uchun qutqarib qolmoqchi bo‘ldim. Hokim meni tingladi, so‘ng qoldiqlarni shunchaki berib yubora olmasligini aytdi. Ular — xalq mulki, xalq esa hokim samolyotni qayerga yo‘qotganini so‘raydi. Bunga javoban vaziyatni bilishimni, samolyotni Olmaliqdagi An-12 ning taqdiri kutayotganini aytdim — uni qismlarga bo‘lib tashlashgan edi.

    Hokim ideologiya bo‘yicha ma’ruza o‘qib ketdi: go‘yoki sovet davrida ishlab chiqarilgan samolyotdan muzeyda foydalanish mumkin emas ekan, axir kelajak avlod SSSR kuchliroq bo‘lgan deb o‘ylaydi. Ideologiya haqida gapirib bergach, u samolyot hech kimga kerak emasligini ro‘y-rost aytdi. Lekin uni olib ketmoqchi bo‘lsam, bu shaharga himmat ko‘rsatishim kerak ekan. Masalan, bolalar maydonchasi qurib berish yoki 15 ta bolalar bog‘chasini ta’mirlab berishim kerak ekan. Temir-tersak sifatida 18 million so‘m turadigan samolyot uchun hokim menga qariyb milliard so‘m turadigan ikkita loyiha taklif etdi.

    Buni qila olmasligimni aytganimda u samolyotni topshirish haqida iltimosnoma yozishimni, u jamoat tashkilotlariga topshirilishini aytdi. Ya’ni masala boshi berk ko‘chaga tiqib qo‘yildi. Samolyotni temir-tersak sifatida sotib olish taklifiga esa javob bermadi.

    Yo‘qotilgan meros

    Foto: Citizen

    Foto: Citizen

    O‘zbekistonda aviatsiya sohasi tarixi 1941-yildan boshlanadi — o‘shanda Ximkidagi Chkalov nomli zavod zudlik bilan front ortiga, Toshkentga evakuatsiya qilingan edi. Ikki oydan so‘ng u yerda Li-2 harbiy-transport samolyotlari yig‘ila boshlandi. U 1954-yilgacha ishlab chiqarildi, shu davr ichida 5 mingdan ortiq samolyot yetkazildi.

    Yil sayin korxona yangi modellar chiqardi, rivojlanib bordi. 1960-yillarda u jahonning eng qudratli aviasoz zavodlari o‘nligiga kirdi. Lekin 1991-yili SSSR tarqalib ketdi, bu kabi barcha aviatsion korxonalar ham tarqalib ketdi. TAPOiCh ko‘p yillar arang tirikchilik qildi, va nihoyat 2012-yili tugatildi.

    “Chkalov” o‘tmishning bir bo‘lagiga aylandi, lekin o‘zidan iz qoldirdi: O‘zbekiston zaminida “temir qushlar” qoldiqlarini ulkan miqdorda topish mumkin. Nafaqat zavodda ishlab chiqarilgan, balki egasiz yotgan boshqa samolyotlarga ham e’tibor qaratilsa, bunday kolleksiya turistlar uchun juda qiziqarli bo‘lishi mumkin. Harbiy yo‘nalishdagi tarixiy muzeylarga bo‘lgan talab hamisha yuqori bo‘lgan. Asosiysi — imkoniyat berish.

    Aviatsiya muzeyi — real mavzu. U fuqarolarimizga ham, chet ellik turistlarga ham qiziq bo‘ladi. masalan, Vashingtondagi havoda uchish va astronavtika milliy muzeyi yiliga 7 milliondan ortiq odamni qabul qiladi. Qiyos uchun, jahonning eng yirik muzeylaridan biri — Britaniya muzeyiga ham shuncha odam keladi.

    Polsha hudud jihatdan bizdan 100 000 kvadrat kilometrga kichichkroq, ammo jahondagi eng yirik aviatsiya muzeylaridan biriga ega. U juda zarur emas — arxitekturasi tufayli mamlakatga juda ko‘p turistlar keladi. Ammo polyaklar nafaqat muzeyni risoladagidek saqlaydi, balki muntazam ravishda kolleksiyani to‘ldirib boradi. Natijada oxirgi yillarda Kbela aviatsiya muzeyi Polshadagi eng turistlar ko‘p keladigan obyektlardan biriga aylandi.

    Foto: Citizen

    Foto: Citizen

    MDHdan misol qidiradigan bo‘lsak, bu Moninodagi Rossiya harbiy-havo kuchlari markaziy muzeyidir. Har yili u yerga 150 ming kishi tashrif buyuradi. Albatta, muzeylar kuchli iqtisodiyotga sohib mamlakatlarda joylashganini esdan chiqarmaslik kerak, ular kolleksiyani asrab-avaylashga mablag‘ va imkon topa oladi. Lekin baribir O‘zbekistonda noyob eksponatlar bor, ular ko‘p mehmonlarni qiziqtira oladi”.

    Merosni yo‘q qiluvchilar

    Davlatda ochiq osmon ostida zanglab yotgan texnikani parvarish qilish fikri tug‘ilmagan bo‘lsa ham, bu fikr jamiyatning ayrim a’zolarida tug‘ildi. Bunga asosan sohada ishlagan odamlar qiziqdi. Abror Sotimov Virtual qabulxonaga murojaat etib, o‘z g‘oyasini tushuntirib berdi va yordam so‘radi. Tasdiq olindi, murojaat esa “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga yuborildi.

    “Ochig‘ini tan olaman, — deydi Sotimov, — bundan xursand emasdim. Chunki oldin men bu tashkilotga ikki marta murojaat etganman. Birinchi marta xatim yo‘qolib ketdi. Ikkinchi marta bosh direktor qo‘liga yetib bordi. O‘shanda menga aviakompaniya bu loyihani amalga oshira olmasligini, u qiziq ham emasligini aytishdi. Shu bilan men MAKdan yordam olishdan umid uzdim”.

    ***

    Muzeylar turizmning asoslaridan biridir. Agar arxitektura inobatga olinmasa, aynan muzeylar turistlarni davlatning madaniyati va tarixi bilan tanishtiradi. Aynan shuning uchun ham ular yaratiladi.

    Agar davlat O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning asosiy turistik markaziga aylantirishni istasa, bunday g‘oyalarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

    29.04.2018, 16:56   Izoh (0)   47128
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Telegram messenjeri yana ishlay boshladi

    29.04.2018, 13:43

    Farg‘onalik 16 nafar Aqto‘be qurbonlari oilalariga 6 mln 300 ming so‘mdan xayriya puli yetkazildi

    29.04.2018, 13:41

    Marhumlarga elektr kerakmi yoki nohaq qarzdorliklar qayerdan kelib chiqmoqda?

    29.04.2018, 12:50

    “Yuqori texnologiyalar o‘quv-tajriba markazi” “Ilg‘or texnologiyalar markazi”ga aylantirildi

    29.04.2018, 12:33

    O‘zbekistonda jinoiy ishlar elektron shaklga o‘tkaziladi

    29.04.2018, 11:45

    Interpol Indoneziyaga ayollarni olib ketib, fohishalikka majburlagan samarqandlik shaxsni aniqladi

    29.04.2018, 10:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.