O‘zbekistonda roppa-rosa 4 soat-u 45 daqiqa ishlamagan Telegram messenjeri yana ishlay boshladi.
Jahon OAV lari “Telegram ishlamaganligining sababi - Niderlandiyada elektr toki o‘chgan”— deb messenjer mutaxassislari izoh berishdi.
Avvalroq O‘zbekistonga Telegram ishidagi har bir nosozlik ta’sir qilayotgani xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni “Roskomnadzor” web.telegram.org va t.me manzillarini taqiqlangan saytlar ro‘yxatiga kiritdi.
16-aprel kuni provayderlar Rossiya hududida Telegram messenjerini blokirovka qilishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
16-apreldan 17-aprelga o‘tar kechasi Pavel Durovning jamoasi Telegram’ning rossiyalik foydalanuvchilariga servisdan VPN va proksini qo‘llamasdan foydalanish imkonini beruvchi yangilanishni ishga tushirdi.
29-aprel kuni Telegram messenjeri yoppasiga ishlamay qoldi deb, xabar bergan edik. Messenjer asosochisi Pavel Durov nosozliklar sababini tushuntirdi.
Izoh (0)