• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Marhumlarga elektr kerakmi yoki nohaq qarzdorliklar qayerdan kelib chiqmoqda?

    O‘zAda jurnalist Anora Sodiqovaning “O‘zbekenergo” AJning hududiy bo‘linmalari tomonidan fuqarolarga asossiz qarzdorlik yozilayotgani haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Qish bo‘yi elektr ta’minoti to‘liq bo‘lmay, bahorda elektrdan falon million qarzdor ekaningiz haqida dalolatnoma kelib tushsa alam qiladi, albatta. Ba’zida, elektr to‘lovlarini to‘liq amalga oshirib yurgan odamlarda ham qarzdorlik bo‘yicha dalolotnoma xati kelgani kuzatilmoqda. Bu boradagi dalillarning ko‘pligi esa aqlni shoshiradi.Raqamlar aldamaydiElektr ta’minoti korxonasi tomonidan kelayotgan “ajoyib” maktublar, odamlarning vaqtini olayotgan, asabini buzayotgan holatlar haqida ko‘p bora eshitganmiz. Noroziliklarning esa keti uzilmaydi. To bu hol sening ham boshingga tushmaguncha ishonmasliging aniq, lekin kun kelib o‘z xonadoningga ham xuddi shunday mazmundagi xat kelib tursa...

    Dalillarga murojaat qilamiz: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining bizga taqdim etgan ma’lumotlari, ya’ni aholining elektr ta’minoti bo‘yicha nohaq qarzdorliklar hisoblangani borasidagi faktlari ajablanarli darajada ko‘p.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragining o‘zida elektr ta’minoti sohasi yuzasidan iste’molchilardan 532 ta ariza kelib tushgan. Bu federatsiyaga kelgan jami arizalarning 15,7 foizini tashkil etadi.

    Birinchi uch oylik hisobotiga ko‘ra, butun respublika hududi bo‘yicha 204 096 928 so‘m (ikki yuz to‘rt milliondan ortiq ) miqdorida noreal ya’ni nohaq qarzdorlik hisoblangan. Qisqa muddat ichida xato hisoblangan qarzdorlik miqdori oz emas. Buni ishda ro‘y beradigan texnik xatolar tufayli yuzaga kelgan ham deyish qiyin.

    Garchi so‘nggi chora deya elektr ta’minoti korxonasi xodimlari kompyuterni ayblasa-da, bunday xatoliklar respublika bo‘ylab davom etmoqda.Noreal qarzdorlik yozish aslida nima uchun kerak?Mutasaddilar tomonidan nazoratsizlik shu darajaga borib yetganki, hatto elektr ta’minoti korxonasi vakillari qarz deya allaqachon oramizdan ketgan “marhumlar”ga ham noreal qarzdorliklar yozishgacha borib yetmoqda.

    Misol uchun: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushgan arizaga ko‘ra Farg‘ona shahri Yangi asr ko‘chasidagi xonadon egasi 2015-yilda vafot etgan marhumga 1 297 296 miqdorida elektr qarzdorligi borligi bo‘yicha xat kelib tushgan. O‘rganish davomida xonadon egasining vafot etgani, xonadonda shundan buyon hech kim yashamagani korxona mutaxassislariga tushuntirilib, tegishli asosli hujjatlar taqdim qilingan.

    Natijada O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 21-moddasi talablari bo‘yicha, korxona mutaxassislari tomonidan 30402-0001208-sonli dalolatnoma xato yozilgan deb hisoblanib, xonadonning elektr energiyasi iste’moli qayta hisob-kitob qilinib, xonadon hisob varag‘iga dalolatnoma bo‘yicha kiritilgan 1 297 296 so‘m qarzdorlik bekor qilingan. Korxona tomonidan qayta hisob-kitoblardan so‘ng 2018-yil 24-aprel holatiga xonadonning 1 292 129, 60 so‘m haqdorligi borligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berilgan.

    Aslida kim-kimdan qarz?

    Ma’lumki, viloyatlarning qishloq hududlarida davlat idoralarida ishlovchi fuqarolarning oylik maoshlaridan kommunal to‘lovlar uchun pul yechib olinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 15-mayda 1031-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining “Tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘z xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish ko‘rinishida qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” qarori mavjud. Ish haqidan avvaldan elektr ta’minoti uchun pul to‘lagan aholi yana katta miqdorda qarzdor bo‘lib chiqmoqda.Javobsiz savollar

    Haqli savollar tug‘iladi: Nima uchun aholi nohaq qarzdorlikka tortilmoqda? Qarzning nohaqligini isbotlamay to‘lab yuborganlar qancha? Xato qilayotganlarga nisbatan chora ko‘riladimi? Nega aynan elektr korxonalari tizimida bunday holatlar ko‘paymoqda?

    Mamlakat miqyosida qarzlar miqdori nega ko‘p? Federatsiyaga elektr tarmog‘i voltajining keskin ortib yoki kamayishi oqibatida maishiy texnika buyumlari nosoz holatga kelgani bo‘yicha arz qilayotganlar ham oz emas? Ularga yetkazilgan moddiy zararni kim qoplaydi? Nohaq qarzdorliklarni "ijod qilish" qachon barham topadi?

    29.04.2018, 12:50   Izoh (0)   30430
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yuqori texnologiyalar o‘quv-tajriba markazi” “Ilg‘or texnologiyalar markazi”ga aylantirildi

    29.04.2018, 12:33

    O‘zbekistonda jinoiy ishlar elektron shaklga o‘tkaziladi

    29.04.2018, 11:45

    Interpol Indoneziyaga ayollarni olib ketib, fohishalikka majburlagan samarqandlik shaxsni aniqladi

    29.04.2018, 10:57

    O‘zbekistonda Telegram messenjeri yana ishlamay qoldi

    29.04.2018, 09:37

    Qashqadaryoda “Barkamol avlod” markazi rahbari pora olayotganda ushlandi

    29.04.2018, 08:59

    Namanganda singil akasini o‘ldirish uchun qotil yolladi

    29.04.2018, 08:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shippakda mashina haydash uchun 300 yevro, plyajda sigaret chekkanlik uchun 90 yevro jarima — Yevropa davlatlari sayyohlar uchun keskin qoidalar joriy etdi

    Dunyo | 9 avgust, 20:15

    Dam olish kunlariga kinotavsiya: 2000-yillarning eng yaxshi romantik komediyalari

    Kino | 9 avgust, 19:55

    Shavkat Mirziyoyev quruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 19:47

    “Endi prezidentlikka nomzodimni qo‘ymayman” — Belarus prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 19:35

    “Barselona” Ferran Torres uchun kelgan ikkita taklifni rad etdi

    Sport | 9 avgust, 19:31

    Tanqid va gumonlarga duch kelgan mashhur turk juftliklari

    Kino | 9 avgust, 19:01

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 18:26

    “AQSH harbiylari mamlakatga kiritilmaydi” — Meksika prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 18:15

    O‘zbekiston Ozarbayjon—Armaniston tinchlik kelishuvini olqishladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.