Xitoy janubidagi Sin’yuan shahridagi (Guandun provinsiyasi) karaoke binosida yuz bergan yong‘inda 18 kishi halok bo‘ldi, yana 5 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar, mediklar va politsiya xodimlari yetib keldi. Yong‘in bu haqda xabar berilganidan 25 daqiqa o‘tib barataraf etildi, biroq shunga qaramay, ko‘pchilik qurbon bo‘ldi.
Turli darajada jarohatlanganlar kasalxonaga yetkazildi.
Yong‘inning aniq sababi hozircha ma’lum emas, biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, binoga qasddan o‘t qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)