Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqarolarning va yuridik shaxslarning g‘ururi va obro‘siga teguvchi internetdagi ma’lumotlarni blokirovka qilish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qonun hujjati internetda e’lon qilinadigan hujjatda biror fuqaro yoki yuridik shaxsning obro‘siga tegadigan ma’lumot bo‘lsa, uni o‘chirishni nazarda tutadi.
Xususan, ma’lumotni internetda tarqatgan shaxs belgilangan muddat ichida o‘z ixtiyori bilan o‘chirilishi kerak bo‘lgan ma’lumotni o‘chirmasa, sud ijrochisi internetda aynan ana shu ma’lumotni blokirovka qilish haqida qaror chiqaradi.
Izoh (0)