Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan mamlakat hukumati iste’fosini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining mabuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosi”.
Farmon mamlakat konstitutsiyasining 130-moddasidan kelib chiqib qabul qilingani bildirilmoqda. Qonunchilikka ko‘ra, hukumat bosh vazirning ortidan iste’foga chiqishi lozim.
Bosh vazir etib tayinlangan Serj Sargsyan bundan oldinroq lavozimini tark etdi va shu tariqa norozilik namoyishi qatnashchilari talabini qondirdi.
Izoh (0)