Kanadaning Toronto shahrida 10 kishi mikroavtobus piyodalarga bostirib borishi qurboni bo‘ldi, yana 15 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya rahbari Mark Saunders ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Haydovchining shaxsi aniqlandi: u 25 yashar Alek Minasyan bo‘lib, oldin politsiya hisobida turmagan.
Huquq-tartibot idoralari yigitni qo‘lga oldi. Uni jinoyatga undagan sabablar hozircha ma’lum emas.
Politsiya Minasyan piyodalarga qasddan bostirib borgani, biroq hodisani terakt sifatida baholashning mavridi emasligini bildirdi.
Izoh (0)