Belgiya sudi 2015-yilgi Parij teraktlari tashkilotchilari orasida tirik qolgan so‘nggi shaxs — Saloh Abdusalomni 20 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sud Saloh Abdusalom va uning sherigi Sufyon Ayrini qurolli qarshilik va politsiya xodimlari hayotiga qasdda aybdor deb topdi. Sud ayblanuvchini 20 yilga ozodlikdan mahrum etdi”, — deyiladi sud hukmida.
Hozir Fransiyadagi qamoqxonada saqlab turilgan Saloh Belgiyadagi sud jarayonida shaxsan ishtirok etishdan bosh tortdi. Sud zalida uning advokati Sven Mari bo‘lib turibdi.
Izoh (0)