Huawei kompaniyasi hissiyotlarni tahlil qilish vazifasiga ega bo‘lgan ovozli yordamchini yaratish bilan shug‘ullanmoqda. Shu tariqa algoritm foydalanuvchi bilan hissiyotlar darajasida muloqotga kirisha olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Kompaniyaning dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha vitse-prezidenti Feliks Jang tomonidan ma’lum qilinishicha, bo‘lajak yordamchi texnologiyani yangi bosqichga olib chiqishga imkon beradi.
Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, bunday maqsadni uzoq muddatli kelajakka qo‘yish kerak.
Ayni vaqtda kompaniya ovozli yordamchiga ega, biroq u faqat Xitoyda ishlaydi.
Izoh (0)