“Roskomnadzor” rahbari Aleksandr Jarov Facebook 2018-yil oxirigacha o‘tkaziladigan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha Rossiya qonunchiligi talablariga javob bermasa, muassasa ijtimoiy tarmoqni bloklab qo‘yishini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“2018-yil oxirigacha biz Facebook kompaniyasini tekshiramiz, va bajarilishi kerak bo‘lgan bir nechta bandlar bor, bular: rossiyalik fuqarolar ma’lumotlar bazasining Rossiya hududida mahalliylashtirilishi, barcha taqiqlangan ma’lumotlarning o‘chirilishi va boshqa qonunlarga rioya qilinishi. Agar bulardan birortasi bajarilmasa yoki Rossiya davlati bunday harakatlar amalga oshirilishi haqida xabardor etilmasa, bloklash masalasi ko‘tariladi”, — dedi Jarov.
Izoh (0)