Estoniyada Locked Shields xalqaro kibermashg‘ulotlari boshlandi. Unda 30 ta mamlakatdan qariyb bir ming kishi ishtirok etadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Mashg‘ulotlar mutaxassislarga axborot tizimlari va infratuzilmalarini kiberhujumlardan himoya qilish bo‘yicha ko‘nikmalar taqdim etish uchun o‘tkazilmoqda.
Mashg‘ulotlar ssenariysiga ko‘ra, o‘ylab topilgan “Beriliya” mamlakati xavfsizlik sohasida muammolarga uchraydi va bunda provayderlar va harbiy aviabazalarga kiberhujumlar uyushtiriladi. Hujumlar elektr tarmoqlari, jamoat xavfsizligi tarmoqlari va infratuzlimaning boshqa muhim qismlari ishida jiddiy nosozliklarni keltirib chiqaradi.
Bu mashg‘ulotlar 2010-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.
Izoh (0)