KXDRda sayyohlar avtobusi ko‘prikdan qulashi oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” Xitoyning CGTN yangiliklar kanaliga tayanib.
Ayni paytgacha batafsilroq ma’lumot kelib tushgani yo‘q.
23-aprel, dushanba kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytiga joylangan xabarda xitoylik turistlar Shimoliy Koreyaning Xvanxe-Pukto provinsiyasi hududida yuz bergan YTHda jiddiy jabrlangani aytiladi.
Xitoy elchixonasi xodimlaridan iborat ishchi guruh KXDR diplomatlari hamrohligida voqea joyiga jo‘nab ketgan. Jabrlanganlar soni haqidagi ma’lumot keltirilmayapti.
Izoh (0)