Hindistonlik 72 yoshli Ziona Chananing 39 rafiqasi, 94 farzandi va 33 nevarasi bor, deb yozadi “AiF”. U ko‘pxotinlilikni ma’qullovchi sekta asoschisidir.
U birinchi marta 17 yoshida uylangan. Hozir uning birinchi xotini 75 yoshda, so‘nggisi (39-si) — 35 yoshda. Chananing so‘zlariga ko‘ra, rafiqalarining barchasi uni sevib turmushga chiqqan va ular orasida dushmanlik yo‘q.
Chananing to‘ng‘ich o‘g‘li 55 yoshda, uning 14 farzandi bor. U otasining izidan borib, ikki marta uylangan yagona farzanddir. Qolgan bolalar ko‘pxotinlilikni tanlamadi.
Oila 100 xonali va 17 ta vannaxonali to‘rt qavatli uyda yashaydi. Ularning hattoki oilaviy maktabi ham bor, uning faoliyati uchun Zionaning ukasi mas’ul.
Oilada vazifalar bo‘lib olingan: xotinlar ovqat tayyorlash, qizlar uy tozalash, kir yuvish, erkaklar esa chorvachilik, qishloq xo‘jalik ishlari, mebel va alyuminiy idish-tovoqlar yasash uchun javobgar. Ovqat pishirish uchun kuniga 100 kg guruch, 60 kg kartoshka, 70 kg tovuq va 10 l sut kerak bo‘ladi.
Izoh (0)