Nigeriya shimoli-g‘arbida qurolli jinoyatchilar hujumi chog‘ida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Politsiya uch nafar banditni hibsga olgani, shundan so‘ng guruh a’zolari qo‘shimcha kuch bilan Zamfara shtatiga qaytib, taxminan 30 kishini o‘ldirgani bildirilmoqda.
Politsiya odamlar halok bo‘lganini tasdiqladi, biroq ularning soni bo‘yicha yakuniy ma’lumot bermadi. Shtatda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Izoh (0)