Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan nomzodi bosh vazir lavozimiga ilgari surilishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishi o‘tkazayotgan muxolifat qatnashchilari Yerevanda davlat muassasalarini qamal qilishga kirishdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Namoyishchilar bosh prokuratura, tashqi ishlar vazirligi va davlat daromadlari qo‘mitasi binolarini o‘rab oldi. Har bir bino oldida 10-15 kishi turibdi, ular kirish eshiklarini to‘sib qo‘ygan.
“Butun respublika bo‘ylab norozilik aksiyalari, ish tashlashlar bo‘lib o‘tmoqda. Armanistonda inqilobiy vaziyat yuzaga keldi. Men baxmal inqilobi boshlanganini e’lon qilaman”, — dedi Yerevan markazidagi maydonda chiqishi chog‘ida muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyan.
17-aprel, seshanba kuni Armaniston parlamentida Serj Sargsyanning bosh vazir lavozimiga saylanishi bo‘yicha yig‘ilish boshlandi. Bino politsiya tomonidan o‘rab olingan.
Izoh (0)