Xitoyning Xubey provinsiyasi Tunchen uyezdida yosh xitoyliklar ommaviy tarzda o‘zlariga qabr sotib olmoqda, deb yozadi South China Morning Post.
Uyezdda 80 mingta qabr tirik odamlar uchun sotib olindi, ular orasida 10 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar ko‘p. Uyezdning 78 ming nafar aholisining 95 foizdan ortig‘i 60 yoshdan oshgan, shuningdek, ko‘plab yoshlar ham allaqachon o‘zlari uchun qabr sotib olib, ularni tayyorlab qo‘ydi.
Ko‘p sonli bo‘sh qabrlar uyezd maydonlarini to‘ldirib, yo‘l bo‘ylarida ham paydo bo‘ldi. Ko‘plab qabr toshlariga allaqachon bo‘lg‘usi marhumning ism-sharifi va tug‘ilgan sanasi yozib qo‘yilgan.
Bunday holatga mahalliy an’ana sababchi bo‘ldi. Unga ko‘ra, odam 30 yoshiga kelib o‘zi uchun so‘nggi boshpanani tayyorlab qo‘yishi kerak.
Izoh (0)