Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jiyani, Putin Consulting konsalting kompaniyasi asoschisi va “Rus akademik fondi” boshqaruvi raisi Roman Putin “Ura.ru” agentligiga intervyu berdi.

Foto: “MK.ru”

Foto: “MK.ru”

U biznesda ancha kamsuqum odam ekanligini aytib, “biz oligarxlar emasmiz” dedi. Shuningdek, ingliz tilidagi Wikipedia’da unga tegishli deb ko‘rsatilgan yaxta va Kaliforniyadagi yer maydonini “G‘arbning gij-gijlashlari” deb atadi.

Roman Putinning biznesi — konsalting. Ilgari Putin Consulting’ning Londonda ofisi ham bo‘lgan, ammo u yopilgan, shuningdek, potensial sheriklarining loyihalari ham yopilib ketgan. “Biz bilan ishlashga qo‘rqishadi”, — dedi Roman Putin.

U qarindoshi Vladimir Putin bilan bir necha marta — taxminan besh marta ko‘rishganini aytdi. “U band odamga aylanganidan keyin, biz, qarindoshlar uni chalg‘itmaslikka harakat qilamiz”, — dedi u.

Bundan tashqari, Roman Putin muxolifatchi Aleksey Navalniyning pozitsiyasiga qo‘shilmasa ham, inson sifatida uni hurmat qilishini, chunki u hamma tomondan unga bosim o‘tkazilishiga qaramay, o‘z nuqtai nazarida qat’iy turishda davom etayotganini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Shou-biznes
Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)
Mahalliy
Toshkentning yana qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi