Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasi uchastkasida, “Do‘stlik-avtoyo‘l” o‘tkazish punktida chegara naryadlari harbiy xizmatchilarning ko‘ksiga o‘rnatilgan videoregistratorlar bilan xizmat o‘tamoqda, deb yozadi KNews.
Harbiy xizmatchilarning o‘ng ko‘krak qismiga mahkamlangan videoregistrator nazorat-o‘tkazish punktidagi holatni, o‘tkazish punkti hududidagi odamlar oqimi harakatini qayd etadi, ya’ni hodisalarni video va audio ko‘rinishida yozib oladi.
“Videoregistratorlar o‘rnatilganidan keyin birinchi kunlardayoq o‘tkazish punktida, shuningdek, uning tashqarisida chegarani kesib o‘tayotgan va navbat kutayotgan shaxslar o‘rtasida tartib o‘rnatilgani kuzatilmoqda”, — dedi Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining O‘sh viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Rustam Jumatayev.
O‘tkazish punktida bahsli vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda videoregistrator tomonidan qayd etilgan ma’lumotlar tekshiruv chog‘ida dalil sifatida ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)