AQShning Janubiy Karolina shtatida 15-aprel kuni qattiq tartibli qamoqxona mahbuslari mushtlashuv keltirib chiqardi. Unda yetti kishi halok bo‘ldi, yana 17 kishi jarohat olgan. Bu haqda, CNN telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, mahbuslar qamoqxonaning uchta blokida janjal uyushtirgan. Qo‘riqchilardan hech kim jabrlanmagan, qamoqxonada mushtlashuv yuz bergan tunning o‘zidayoq tartib o‘rnatilgan.
Qamoqxonada taxminan bir yarim ming nafar mahbus saqlanadi. 2015-yilda mahbuslar bilan yuz bergan mushtlashuvda ushbu qamoqxonaning ikki nafar qo‘riqchisi pichoqdan jarohat olgan. Joriy yilning fevral oyida esa mazkur muassasada bir nafar mahbus o‘ldirilgan.
Izoh (0)