Xiaomi kompaniyasi Black Shark nomli o‘yin smartfonini taqdim etdi. Uning o‘ziga xos xususiyati Shark GamePad o‘yin kontrolleri bilan ishlay olishi hisoblanadi. Yangi qurilma Snapdragon 845 protsessori bilan jihozlangan va oltidan sakkiz gigabaytgacha operativ xotiraga ega. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Smartfon 64 va 256 gigabaytli doimiy xotiraga ega ko‘rinishlarda taqdim etilgan. Qurilma Android 8 Oreo tizimida ishlaydi. Ularning narxi mos ravishda 480 va 560 dollarni tashkil qiladi.
Izoh (0)