Mish-mishlarga ko‘ra, OnePlus 6 smartfoni shu oy oxiridayoq taqdim etiladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Shu munosabat bilan kompaniya flagmanning ilk rasmiy videotizerini, shuningdek, OnePlus 6 xususiyatlari aks etgan tasvirni tarqatdi.
OnePlus bosh direktori Pit Lau internetga joylagan video OnePlus muxlislariga “o‘zlari ehtiyoj sezgan tezlikka tayyorlanish”ni taklif qiladi. Snapdragon 845 baquvvat mobil platformasi, ekran tepasidagi qosh, vertikal qo‘sh kamera va orqa paneldagi barmoq izi skanerining mavjudligi tasdiqlandi.
6et ready! pic.twitter.com/bmvI75xphm
— OnePlus (@oneplus) April 2, 2018