2016-yilda O‘zbekistonning 13,7 mingdan ortiq fuqarosi rasman Yevroittifoq hududida istiqomat qilgan. Polsha chegara xizmati ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
“O‘zbekistonning 2,2 mingdan oshiq fuqarosi Chexiyada, 2 ming nafari Polsha, 1900 nafari Shvetsiya, 1,5 mingga yaqini Latviya va 1300 kishi Italiyada rasman istiqomat qilgan”, — deyiladi chegara xizmati manbalarida.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida muzokaralar o‘tkazgan Polsha chegara xizmati vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirdi. Bu mazkur xizmat migratsiya masalalari bilan ham shug‘ullanishi va nafaqat chegara, balki Polshaning barcha mintaqa va yirik shaharlarida faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Mamlakat ichkarisida xizmat migratsiya nazorati va muhojirlar mehnati nazorati bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuv davomida tomonlar mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risidagi to‘xtamga keldi.
Izoh (0)